“Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi o‘tkazildi

2023 yilning 14 aprel kuni Universitet 1-kurs talabalari  o‘rtasida “Zakovat”  intellektual o‘yinining saralash bosqichi start oldi. Saralashni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Saralash boshqichida “Zakovat” klubining sobiq a’zolari Qodirov Sobir hamda Zebo Shomirovalar  ishtirok etib hamda talaba-yoshlarga o‘zining uzoq yillik tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdilar.